Ali Xomanaiy Mundarija Biografiyasi Siyosiy faoliyati Oliy Rahbar sifatida Tashqi siyosati Shaxsiy hayoti Sogʻligʻi Yozgan kitoblari Manbalar Havolalar Navigatsiyawww.khamenei.ir"Аятолла Хаменеи: Высший руководитель"Azeris unhappy at being butt of national jokesAsia Times Online :: Middle East - Foreign plots and cockroaches in IranAsl nusxaAsia Times - Asiaʼs most trusted news source for the Middle EastAsl nusxa"The Rahbar: ’Ali Khamene‘i and the Iranian Culture Wars""Change Comes to Iran""Iran Leaderʼs Mother Dies Of Heart Failure"JOURNALISM iii. Post-Revolution EraAsl nusxa"Profile: Iranʼs 'unremarkableʼ supreme leader Ayatollah Khamenei"Ayatollah Hojjat-ul-Islam Seyed Ali Khamenei (англ.)An Iran option the US prefers to ignoreAsl nusxaTimeline of The Iranian Nuclear DisputeAsl nusxaВыступление Хаменеи на собрании паломников Имама РезыПути решения палестинской проблемы"Interview with Mrs. Khamenei""Ahmadinejad favours his relatives""ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЛИЧНОСТЬ В ИСЛАМСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ ИРАН"СМИ: аятолла Хаменеи при смерти, он экстренно госпитализирован.www.khamenei.ir Rasmiy saytiRus tilidagi rasmiy saytiAli Xomanaiy idorasining informatsion blokiAli Xomanaiy: BMT XK Eronning yader dosyesini koʻrib chiqmasligi kerakAli Xomanaiy oʻzining tarafdorlariga ozarbayjon tilida murojaat qilmoqdaXomanaiy ozarbayjon tilida sheʼr oʻqimoqdaXomanaiy ozarbayjon xalqi bilanXomanaiy Tabrizda
7-mayda tugʻilganlar1939-yilda tugʻilganlarShaxsiyatlarMashhadda tugʻilganlarAlifbo boʻyicha shaxsiyatlarYaxshi maqolalarEron tarixiEron prezidentlari
fors.ozarb.MashhadEronEron Oliy RahbariOyatulloh3-prezidentiOyatulloh Humayniyningmonarxiya1939-yilning17-iyulEronningMashhadozarbayjondirMuhammadSaidiylardanJanubiy OzarbayjondaHiyoboniyTabrizdaIroqningEn-NajafYazd1989-yildaMashhad1957-yildaNajafQumHusayn BorujerdiyRuhillo Homeyniy1964-yildaBirjandda19631975-yilgachaTehrondagiTehrondagiHusayn Ali MontazariyningAbulhasan Banisadrparlament1981-yilning27-iyunEron PrezidentiMuhammad Ali RojaiyMuhammad Javod BahonarEron PrezidentiMir-Husayn Musaviy1982-yilgacha1985-yilning16-avgust1989-yildaAli Akbar Rafsanjoniy3-iyunTehrondakonservativilm-fan«neftgaz2004-yilda2005-yilningavgustVenadagiAQSHYaqin SharqdaimperialistikIsroilniIroqgaagressiyadaIsroilniokkupatsionfalastinliklarniLubnonIordaniyaQuvaytMisr1948-yilgachamusulmonnasroniyyahudiylar1964-yildaYazdlik1981-yildaIroqgaforsozarbayjonarab tillariniingliz tilidafutbolga2015-yilning5-martTehrondagiFransiya2014-yilningsentyabrprostata bezisaraton kasalligining
(function()var node=document.getElementById("mw-dismissablenotice-anonplace");if(node)node.outerHTML="u003Cdiv class="mw-dismissable-notice"u003Eu003Cdiv class="mw-dismissable-notice-close"u003E[u003Ca tabindex="0" role="button"u003Eyashirishu003C/au003E]u003C/divu003Eu003Cdiv class="mw-dismissable-notice-body"u003Eu003Cdiv id="localNotice" lang="uz" dir="ltr"u003Eu003Cdiv style="margin:10px 0; border:0; box-shadow: 0 1px 3px rgba(0, 0, 0, 0.35); border-radius: 7px; background:white; width:100%; height:80px; overflow:hidden; background: #FCFCFC; background: -moz-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%, #F5F5F5 100%); background: -webkit-gradient(linear, left top, left bottom, color-stop(0%,#FCFCFC), color-stop(100%,#F5F5F5)); background: -webkit-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); background: -o-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); background: linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); position:relative"u003Enu003Cdiv style="float:left; margin-top:-20px; margin-left:-40px; opacity:0.75;"u003Enu003Cpu003Eu003Cimg alt="sol" src="//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f0/Paperback-stack.png/190px-Paperback-stack.png" decoding="async" title="sol" width="190" height="190" srcset="//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/f/f0/Paperback-stack.png 1.5x" data-file-width="250" data-file-height="250" /u003Enu003C/pu003Enu003C/divu003Enu003Cbr /u003Eu003Ccenteru003Enu003Cdiv style="margin-left:100px; margin-right:00px; margin-top:0px; margin-bottom:0px; font-family:Georgia, Palatino, Palatino Linotype, Times, Times New Roman, serif; font-size:110%; line-height:100%;"u003Enu003Cbu003EVikipediyada siz ham yoza olasiz!u003C/bu003Eu003Cbr /u003Eu003Cbu003Eu003Cspan class="plainlinks"u003Eu003Ca class="external text" href="https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Maxsus:UserLoginu0026amp;returnto=Bosh+Sahifau0026amp;type=signup"u003EAʼzo boʻlingu003C/au003Eu003C/spanu003Eu003C/bu003E u0026#8226; u003Cbu003Eu003Ca href="/wiki/Yordam:Maqola_qanday_yoziladi%3F" title="Yordam:Maqola qanday yoziladi?"u003EQanday yoziladi?u003C/au003Eu003C/bu003Eu003C/divu003Enu003C/centeru003Enu003C/divu003Eu003C/divu003Eu003C/divu003Eu003C/divu003E";());
Ali Xomanaiy
Jump to navigation
Jump to search
Sayid Ali Husayniy Xomanaiy fors. سید علی حسینی خامنهای | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
1989-yil 3-iyundan | ||||
Oʻtmishdoshi: | Humayniy Ruhullo Musoviy | |||
| ||||
1981-yil 13-oktyabrdan — 1989-yil 3-avgustgacha | ||||
Oʻtmishdoshi: | Muhammad Rojaiy | |||
Vorisi: | Ali Akbar Rafsanjoniy | |||
| ||||
Fuqaroligi: | Eron | |||
Dini: | islom, shialik mazhabi | |||
Tavalludi: | 7-may 1939 (1939-17-07) (79 yosh) Mashhad, Eron | |||
Otasi: | Javod Husayniy Xomanaiy | |||
Onasi: | Hoji Mirdamodiy | |||
Xotini: | Hojasta Homenei | |||
Bolalari: | oʻgʻillari: Mujtabo, Mustafo, Maʼsud va Maysam qizlari: Boshra va Xoda | |||
Partiyasi: | Kurashuvchi kliriklar assotsiatsiyasi (1977—1979, 1987-h.v) Islom Respublikasi partiyasi (1979—1987) | |||
| ||||
Sayti: | www.khamenei.ir | |||
| ||||
Avtograf: | ||||
VikiOmborda Sayid Ali Husayniy Xomanaiy |
Sayid Ali Husayniy Xomanaiy (fors. سید علی حسینی خامنهای, ozarb. سید علی حسینی خامنهای /Seyid Əli Hüseyni Xamenei; 1939-yil, 17-iyul; Mashhad, Eron) — eronlik siyosiy va diniy arbob. Eron Oliy Rahbari, Oyatulloh. 1981—1989-yillarda Eronning 3-prezidenti.
Ali Xomanaiy Oyatulloh Humayniyning shogirdidir. Xomanaiy 1962-yilda Humayniy rahbarligidagi islom harakatiga qoʻshilgan. 1963-yildan bir necha marta qamoq va surgunda boʻlgan. 1979-yilgi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi islom harakatiga boshchilik qilgan. Eronda monarxiya agʻdarilgandan soʻng, 1979—80-yillarda Islom inqilobiy kengashi aʼzosi, mudofaa vaziri oʻrinbosari, „Islom inqilobi posbonlari“ korpusi qoʻmondoni, oyatulloh Humayniyning Oliy mudofaa kengashdagi vakili lavozimlarida boʻlgan. 1980—81-yillarda Islom kengashi majlisi (parlament) deputati. 1981-yil oktabridan Eron Islom Respublikasi prezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Humayniy vafotidan soʻng, 1989-yil 4-iyundan Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari.
Mundarija
1 Biografiyasi
2 Siyosiy faoliyati
2.1 Prezident saylovlari natijalari
3 Oliy Rahbar sifatida
3.1 Saylanishi
3.2 Ichki siyosati
3.3 Yadroviy qurol yaratishga qarshi fatvosi
4 Tashqi siyosati
4.1 AQSH
4.2 Falastin va Isroil
5 Shaxsiy hayoti
6 Sogʻligʻi
7 Yozgan kitoblari
7.1 Kitoblar va tadqiqot faoliyati
7.2 Tarjimalari
8 Manbalar
9 Havolalar
Biografiyasi
Ali Sayd Husayniy Xomanaiy 1939-yilning 17-iyul kuni Eronning Mashhad shahrida tugʻilgan[1]. Xomanaiy oilada sakkiz farzanddan ikkinchisi boʻlgan. Kelib chiqishi va millati boʻyicha ozarbayjondir[2][3][4]. Ali Xomanaiy Muhammad paygʻambarning avlodlaridan biri boʻlgan Saidiylardan kelib chiqgan. Uning bobosi Sayd Hussayn Janubiy Ozarbayjonda taniqli din arbobi hisoblanib, avval Hiyoboniy va Tabrizda, keyinroq esa Iroqning En-Najaf shahrida yashab oʻtgan[5]. Ali Xomanaiyning otasi Sayd Javod Husayniy Xomanaiy madrasada muallim, keyinroq Mashhad shahri ulamolaridan biri boʻlgan. 93 yoshida vafot etgan. Ali Xomanaiy oʻz otasi haqida shunday degan: "Otam mashhur ulamo boʻlgan. Biroq u juda sofdil boʻlib asketik hayot tarzini kechardi. Bizning hayotimiz ogʻir edi. Esimda, baʼzi vaqtlar uyimizda tushlik yoʻq edi. Onam qiyinchilik bilan bizga ovqat tayyorlardi... Tushligimiz non va mayizdan iborat edi." Onasi Yazd shahridan boʻlib[6], 1989-yilda 76 yoshida vafot etgan[7].
Ali Xomanaiy oʻz taʼlimini Mashhad shia akademiyasida (Havza) boshlagan. Uning muallim va oʻqituvchilari Haj Shayx Hoshim Gʻazviniy va Oyatullo Miloniy boʻlgan. 1957-yilda Xomanaiy Najaf shahriga koʻchib oʻtadi. Bir yil Najafda yashab Qum shahriga koʻchib oʻtadi. Qum shahrida u Oyatullo Husayn Borujerdiy va Ruhillo Homeyniy bilan tanishadi. Ruhillo Homeyniyning radikal dunyoqarashi Ali Xomanaiyga qattiq taʼsir qilib u faol tarzda aksilshoh targʻibotini boshlaydi. 1964-yilda Ruhillo Homeyniy Erondan badargʻa qilinadi. Ali Xomanaiy esa Birjandda «SAVAK» tomonidan hibsga olinadi, biroq keyinroq ozod etiladi va Xomanaiy Mashhadga qaytib ketadi. 1963—1975-yilgacha u yana besh marta bir necha oyga qamoqqa tushadi.
Siyosiy faoliyati
Ali Xomanaiy Islom inqilobining eng faol ishtirokchilaridan va Ruhillo Homeyniyning eng yaqin maslakdoshlaridan biri edi. Inqilobdan soʻng ular tomonidan «Jumhuriye islomi» gazetasiga asos solindi[8]. Ruhillo Homeyniy Ali Xomanaiyni Tehrondagi bosh juma masjidi imomi (rahbari) (oʻsha paytda Tehrondagi umumdavlat va umummilliy siyosiy xabarlar joyi) etib tayinlaydi. Ushbu lavozimda u Oyatullo Husayn Ali Montazariyning oʻrnini egalladi. Keyinroq u kam vaqt Abulhasan Banisadr hukumatidagi harbiy qoʻmondonlik vaziri oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritadi. Xomanaiy bir necha marotaba eron-iroq urushi paytida parlament komiteti nomidan frontlarga tashrif buyuradi.
1981-yilning 27-iyun kuni soʻl-radikal «Mojahedine halq» partizanlik tashkiloti tomonidan Ali Xomanaiyga suiqasd amalga oshiradi. Biroq ushbu suiqasd ular oʻylaganidek amalga oshmaydi. Oʻsha paytda, matbuot anjumani oʻtkazilayotgan paytda, Xomanaiyning yonidagi magnitofonga oʻrnatilgan va yashirilgan bomba portlaydi. Portlash natijasida Xomanaiyning oʻng qoʻli ishlamay qoladi[1][9]. Suiqasddan ikki oy oʻtgach, yana oʻsha tashkilot hukumat boshligʻi kotibiyati binosida portlash uyushtiradi. Ushbu portlash natijasida oʻsha paytdai Eron Prezidenti Muhammad Ali Rojaiy va bosh vazir Muhammad Javod Bahonar halok boʻlishadi.
Oʻsha yili oʻtkazilgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Ali Xomanaiy 95 % ovoz toʻplab ilk bor prezidentlik lavozimida faoliyatini boshlaydi. Ushbu lavozimda Eronda ilk bor diniy inson gʻalaba qozongan holat sodir boʻladi. Bundan oldin Ruhillo Homeyniy Eron Prezidenti faqat dunyoviy taʼlim olgan inson boʻlishi (Abulhasan Banisadr va Muhammad Ali Rojaiy shunday toifaga kirardi) mumkinligini taʼkidlagan edi. Biroq, Xomanaiyning Eronda juda mashhurlik va ommabopligi tufayli u oʻz fikrini oʻzgartirib Ali Xomanaiyni prezident saylovlarida qatnashishiga rozilik bildiradi. Prezident saylovlaridan keyin Eron bosh vaziri etib Mir-Husayn Musaviy tayinlanadi. Mir-Husayn Musaviyning buvisi Ali Xomanaiy otasining opasi hisoblangan.
Prezident saylovlari natijalari
Nomzod | Ovozlar | % |
---|---|---|
Ali Xomanaiy | 16 003 242 | 95,02 % |
Ali Akbar Parvarish | 342 600 | 2,03 % |
Hasan Gʻafurifard | 78 559 | 0,47 % |
Rizo Zavoraiy | 62 133 | 0,37 % |
Hisoblanmagan byulettenlar | 356 266 | 2,12 % |
Umumiy: | 16 841 800 |
Ali Xomanaiy Eron Prezidenti etib tayinlanganidan keyin Eronda aksilinqilobiy kuchlarga qarshi kurash boshlandi. Ushbu kuchlar faol partizanlik va terrorchilik ishlarini olib borayotgan edi. Ushbu faollik asosan Eronning shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy provinsiyalarda yaxshi sezilardi. Xomanaiy «yoʻnalishdan ogʻish, liberalizm va pro-amerikanizmni» bartaraf etishni talab qildi. Ushbu inqilobiy sudlar tomonidan minglab anti-islomiy muxolifat aʼzolari qatl qilindi. Ushbu davlat terrori 1982-yilgacha kuchda boʻlib, keyinroq ushbu noinsoniy sud davlat tomonidan yopildi.
Ali Xomanaiy Eronni qariyb butun eron-iroq urushi paytida boshqardi. Uning prezidentligi davrida Islom inqilobi himoyachilari korpusi xalq armiyasidan nufuzli gvardiyaga aylandi. Ushbu ishi uchun Xomanaiy harbiylarning chuqur hurmatiga sazovor boʻldi. 1985-yilning 16-avgust kuni Eronda navbatdagi prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Ushbu saylova Ali Xomanaiy yana bir bor eng koʻp ovoz toʻplab (85 %) ikkinchi prezientlik muddatini boshladi. 1989-yilda uning prezidentlik muddati tugadi va u Eron konstitutsiyasi boʻyicha uchinchi marotaba prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishga haqli emas edi. Shuning uchun u oʻsha yilgi prezident saylovlarida qatnashmadi. Ushbu prezident saylovlarida Ali Akbar Rafsanjoniy gʻalaba qozondi.
Oliy Rahbar sifatida
Saylanishi
1989-yilning 3-iyun kuni Islom inqilobi rahbari Oyatullo Ruhillo Homeyniy Tehronda vafot etdi. Keyingi kuni Ekspertlar kengashi yigʻilib, 20 soat davom etgan majlisda 74 aʼzodan 60 ta ovoz toʻplab Ali Homenei Eronning yangi Oliy Rahbari Oyatullo deb saylandi. Majlis boshida Oyatullo Ali Meshkiniy, Oyatullo Abdulkarim Musaviy va Oyatullo Muhammad Rizo Gulpayganiy ekspertlar kengashi aʼzolariga Oliy Rahbar lavozimini uchta kishidan iborat yangi Oliy Kengashga topshirishni taklif qilishdi. Ekspertlar kengashi ushbu taklifni rad etishgani bois Oyatullo Muhammad Rizo Gulpayganiy Oliy Rahbar lavozimiga oʻz nomzodini qoʻydi. Biroq yakunda Ali Xomanaiy 74 ta ovozdan 60 ta ovozni olib Eron Oliy Rahbari etib tayinlandi[10].
Ichki siyosati
Ali Xomanaiy azaldan Eronning konservativ harakati faollaridan hisoblanadi. Shu bilan birga u ilm-fan rivojlanishga juda katta eʼtibor beradi. U dunyoda islom rahbarlaridan birinchi boʻlib koʻk hujayralar tadqiqi va terapevtik klonlash amaliyotini qoʻllab-quvvatlagan. Oyatullo Xomanaiy shuningdek atom energetikasi rivojlanishiga katta hissa qoʻshib kelgan. Uning soʻzlariga koʻra «neft va gaz zahiralari vaqt oʻtib tugaydi», shuning uchun u atom energetikasini rivojlanishini Eronning eng ustuvor vazifalaridan biri qilib qoʻygan.
Xomanaiy davlat iqtisodiyotining privatizatsiyalanishi templarini tezroq tugatish tarafdorlaridan biri hisoblanadi. 2004-yilda Homenei tashabbusi bilan Eron Konstitutsiyasining 44-moddasi qayta koʻrib chiqilib unga oʻzgartirishlar kiritildi. Yangi moddaga koʻra barcha infratuzilma obʼektlari faqat davlat mulkigina boʻlishi mumkin.
Yadroviy qurol yaratishga qarshi fatvosi
Oyatullo Ali Xomanaiy fatvo eʼlon qilib, unda yader qurolini yaratish, ishlab chiqarish, saqlash va ishlatish islom dini tomonidan man etilgani eslatib oʻtilgan[11]. 2005-yilning avgust oyida ushbu fatvo MAGATE tashkilotining Venadagi majlisida Eron delegatsiyasi tomonidan rasman oʻqib eshittirildi[12]. Biroq bir guruh eronlik sobiq diplomatlar Xomanaiy Eron maxsus xizmatlari va xavfsizlik xizmati aʼzolariga oʻzi eʼlon qilgan fatvo Eron Islom Respublikasiga yadroviy qurolni ishlab chiqarishni man etmaydi deb aytganini bong urishdi.
Fatvoning bajarilishi va taʼsiri shuningdek bir necha shubhalar tufayli savol ostida qoldi. Shubhalanuvchilar Xomanaiyning oʻzi eʼlon qilgan fatvosidan qaytishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini aytishdi. Ushbu shubhalar oʻzini oqlar edi, chunki eron-iroq urushi paytida oʻsha paytdagi Oliy Rahbar Ruhillo Homeyniy zarar yetkazuvchi qurolga nisbatan fatvosini bekor qilgani va qurol, shu jumladan yader qurolini ishlab chiqarishni qaytalashni buyurgani hammaning esida edi[13].
Tashqi siyosati
AQSH
AQSH hukumati va siyosatini tanqidlash Xomanaiyning chiqishlarida ajralmas qismga aylanib qolgan. U AQSH hukumatini Yaqin Sharqda imperialistik siyosatini olib borishini, Isroilni qoʻllab-quvvatlashini va Iroqga qarshi agressiyada ayblab keladi[14].
Falastin va Isroil
Oyatullo Ali Xomanaiy Isroilni noqonuniy okkupatsion rejim deb hisoblaydi. Ushbu nuqtai nazari bilan, u falastinliklarni Isroil Davlatini tan olmasligini qoʻllab keladi. Xomanaiyning soʻzlariga koʻra «agar kimdir islom dunyosida shu qabih xatoni qilib ushbu ayanchli rejimni tan olsa, oʻziga sharmandalik va nafratni yoʻliqtirib besamar aksiyani amalga oshiradi. Chunki ushbu rejim uzoq vaqtga choʻzilmaydi»[15].
Xomanaiyning fikriga koʻra, falastin muammosini hal qilishning yoʻli «barcha falastin halqi orasida, yaʼni hozir tugʻilgan yeridan qochqin sifatida Lubnon, Iordaniya, Quvayt, Misr va boshqa joylardagi falastinliklar uchun referendum oʻtkazishdir. Ular oʻz vatani, oʻz uylariga qaytishlari kerak. Ular orasida 1948-yilgacha falastin hududida yashagan barcha insonlar, musulmon, nasroniy va yahudiylar ham qaytishlari kerak».
Shaxsiy hayoti
Ali Xomanaiy 1964-yilda Yazdlik Hojasta Xomanaiyga uylangan[16]. Keyinroq ularda toʻrt oʻgʻil va ikki qiz tugʻildi. Oʻgillari: Mujtabo, Mustafo, Maʼsud va Masyam. Qizlari: Boshra va Xoda. Xomanaiyning katta oʻgʻli Mujtabo Eron Majlisining sobiq raisi Gʻulom-Ali Haddod-Odilning qiziga uylangan[17].
Ali Xomanaiyning amakivachchasi Ali Tehroniy 1981-yilda Iroqga qochib ketadi va eronning yangi hukumatiga qarshi faol propagandik faoliyat yuritgan. Keyinroq unga Xomanaiyning singlisi ham qoʻshilgan[18].
Xomanaiy fors, ozarbayjon va arab tillarini biladi. Ozroq ingliz tilida soʻzlasha oladi. Bir nechta kitobni arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Shuningdek oʻzi bir nechta kitoblar yozgan. Yoshligida futbolga qiziqgan va oʻynagan. Hozirda boʻsh vaqtida togʻ boʻylab piyoda sayr qilishni xush koʻradi.
Sogʻligʻi
2015-yilning 5-mart kuni bir nechta arab ommaviy axborot vositalari Xomanaiy Tehrondagi shifoxonalarining birida operatsiyadan soʻng ogʻir ahvolda ekanligini xabar qilishdi. Xabarlarga koʻra uning diagnozi haqida maʼlumotlar yoʻq va shifokorlar sistematik organlar ishlamasligini aniqlashgan. Fransiya ommaviy axborot vositalariga koʻra 2014-yilning sentyabr oyida unga prostata bezi operatsiyasini oʻtkazishgan. Oʻsha xabarga koʻra operatsiya muvaffaqiyatli oʻtgan, biroq oʻsha paytda mish-mishlar boʻyicha Xomanaiyda saraton kasalligining toʻrtinchi bosqichi boshlangan va shifokorlar Xomanaiyning umri ikki yildan kamroq deb baholshgan[19].
Yozgan kitoblari
Kitoblar va tadqiqot faoliyati
- «Qurʼondagi islom fikrlarining umumiy koʻrinishi»
- «Namozning chuqurligi haqida»
- «Sabr haqidagi savollar toʻgʻrisida»
- «Ilm-fan va arboblar haqidagi toʻrtta asosiy kitob»
- «Viloyat»
- «Mashhad ilmiy va maʼnaviy seminariyasi haqida tarixiy maqolalar va seminariyaning hozirgi holati»
- «Shia imomlari hayoti» (chop etilmagan)
- «Peshvoye sodeq»
- «Birlik va partiyalik»
- «Oyatullo Xomanaiy nuqtai nazari boʻyicha sanʼat»
- «Dinni toʻgʻri tushunish»
- «Imomlar hayotidagi kurash aqidasi»
- «Bir xudojoʻylik: Xudodan boshqa hech kimga topinmaslik»
- «Qurʼonga qaytish kerakligi»
- «Imom Sajodning hayot yoʻli»
- «Imom Rizo va halif oʻrinbosarligi»
- «Madaniy porlash»
- «Hadise veloyat» (Xomanaiyning chiqishlari, nasihatlari va tadqiqotlari aks ettirilgan kitoblar toʻplami. Hozircha 9 ta tomda chop etilgan.)
Tarjimalari
- «Imom Husan dunyosi» (muallif - Rozi Ali Yosin)
- «Islom chegaralaridagi kelajak» (muallif - Sayd Qutb)
- «Gʻarb sivilizatsiyasiga qarshi murojaat» (muallif - Sayd Qutb)
- «Hindistondagi ozodlik kurashidagi musulmonar» (muallif - Abdulmanam Namri Nasri)
Manbalar
↑ 1,01,1 КАРИМ САДЖАДПУР (2008 июль — август). "Аятолла Хаменеи: Высший руководитель". Журнал "Pro et Contra", стр. 11-35. http://uisrussia.msu.ru/docs/nov/pec/2008/4/ProEtContra_2008_4_02.pdf.
↑ Azeris unhappy at being butt of national jokes. IRIN. UN Office for the Coordination of Humanitarian Affairs (25 May 2006). 2009-06-19.
Orginal matn (ingl.)Although Azeris are prominent among Iranʼs elite — the supreme leader Ayatollah Ali Khamenei is an Azeri — they are often the targets of jokes and regularly mocked by the Persian majority.
↑ Jun 8, 2006 (2006-06-08). Asia Times Online :: Middle East - Foreign plots and cockroaches in Iran. Atimes.com. Asl nusxadan arxivlandi (2011-08-25). 2009-06-19.
Orginal matn (ingl.)Supreme Leader Ayatollah Ali Khamenei — himself an Azeri
↑ Sep 28, 2004. Asia Times - Asiaʼs most trusted news source for the Middle East. Atimes.com. Asl nusxadan arxivlandi (2011-08-25). 2009-06-19.
Orginal matn (ingl.)Indeed, Iranʼs supreme leader Ayatollah Ali Khamenei is an ethnic Azeri and so is Rahim Safavi, the overall commander of the Islamic Revolutionary Guards Corps (IRGC) and the most important military-security official in the country.
↑ "The Rahbar: ’Ali Khamene‘i and the Iranian Culture Wars". The Estimate.. August 25, 2000. http://www.theestimate.com/public/082500.html.
↑ Hooman Majd (Feb 19, 2009). "Change Comes to Iran". The Daily Beast. http://www.theestimate.com/public/082500.html.
↑ "Iran Leaderʼs Mother Dies Of Heart Failure". The Telegraf, стр. 12. August 7, 1989. http://news.google.com/newspapers?nid=2209&dat=19890807&id=BPYlAAAAIBAJ&sjid=R_wFAAAAIBAJ&pg=3089,1715923.
↑ JOURNALISM iii. Post-Revolution Era. Encyclopædia Iranica. Asl nusxadan arxivlandi (2012-05-30).
↑ James Reynolds (4 August 2011). "Profile: Iranʼs 'unremarkableʼ supreme leader Ayatollah Khamenei". BBC. http://www.bbc.co.uk/news/world-middle-east-14362281.
↑ John Pike.. Ayatollah Hojjat-ul-Islam Seyed Ali Khamenei (англ.). Globalsecurity.org. 2009-06-19.
↑ An Iran option the US prefers to ignore. Asia Times Online (17 March 2006). Asl nusxadan arxivlandi (2012-06-24). 2009-17-28.
↑ Timeline of The Iranian Nuclear Dispute. RFERL (23 May 2007). Asl nusxadan arxivlandi (29 April 2009). 25 April 2009. (via Web Archive)
↑ «Iranʼs nuclear theology: Bombs and truth: Muslim theological objections to nuclear weapons—real and imagined», The Economist, dated 19 May 2012.
↑ Выступление Хаменеи на собрании паломников Имама Резы
↑ Пути решения палестинской проблемы
↑ "Interview with Mrs. Khamenei". islam-pure.de. September 1992. http://www.islam-pure.de/imam/others/others1992.htm.
↑ "Ahmadinejad favours his relatives". The Guardian. http://www.guardian.co.uk/news/blog/2008/feb/26/ahmadinejadfavourhisrelativ1.
↑ С. Задонский (2002). "ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЛИЧНОСТЬ В ИСЛАМСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ ИРАН". Институт Ближнего Востока. http://www.iimes.ru/rus/stat/2002/27-09-02.htm.
↑ СМИ: аятолла Хаменеи при смерти, он экстренно госпитализирован.
Havolalar
- www.khamenei.ir Rasmiy sayti
- Rus tilidagi rasmiy sayti
- Ali Xomanaiy idorasining informatsion bloki
- Ali Xomanaiy: BMT XK Eronning yader dosyesini koʻrib chiqmasligi kerak
- Ali Xomanaiy oʻzining tarafdorlariga ozarbayjon tilida murojaat qilmoqda
- Xomanaiy ozarbayjon tilida sheʼr oʻqimoqda
- Xomanaiy ozarbayjon xalqi bilan
- Xomanaiy Tabrizda
Turkum:
- 7-mayda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Mashhadda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Yaxshi maqolalar
- Eron tarixi
- Eron prezidentlari
(window.RLQ=window.RLQ||[]).push(function()mw.config.set("wgPageParseReport":"limitreport":"cputime":"0.332","walltime":"0.445","ppvisitednodes":"value":8067,"limit":1000000,"ppgeneratednodes":"value":0,"limit":1500000,"postexpandincludesize":"value":54504,"limit":2097152,"templateargumentsize":"value":20751,"limit":2097152,"expansiondepth":"value":16,"limit":40,"expensivefunctioncount":"value":0,"limit":500,"unstrip-depth":"value":0,"limit":20,"unstrip-size":"value":18693,"limit":5000000,"entityaccesscount":"value":1,"limit":400,"timingprofile":["100.00% 324.023 1 -total"," 44.34% 143.660 1 Andoza:Davlat_arbobi"," 33.30% 107.913 1 Andoza:Manbalar"," 17.31% 56.103 8 Andoza:Cite_news"," 15.75% 51.018 2 Andoza:Wikidata"," 15.40% 49.904 1 Andoza:Bu_yaxshi_maqola"," 14.72% 47.698 8 Andoza:Citation/core"," 14.43% 46.767 1 Andoza:Top_icon"," 11.32% 36.669 1 Andoza:Category_handler"," 10.49% 33.976 1 Andoza:Davlat_arbobi/Shaxsiy_maʻlumotlar"],"scribunto":"limitreport-timeusage":"value":"0.034","limit":"10.000","limitreport-memusage":"value":782888,"limit":52428800,"cachereport":"origin":"mw1252","timestamp":"20190327023503","ttl":3600,"transientcontent":true);mw.config.set("wgBackendResponseTime":567,"wgHostname":"mw1252"););